Maktab ostonasidagi ilk tuhfa — kitob

Date:

Yangi o‘quv yilining ilk kuni Sho‘rchi tumanidagi umumta’lim maktablarida ezgu tashabbus bilan boshlandi. Tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyev tomonidan maktablarga kitoblar topshirildi.

Bu tashabbus bolalarga shunchaki kitob ulashish emas, balki ularni mutolaa, bilim va izlanishga chorlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Zero, kitob bilan do‘stlashgan avlodning dunyoqarashi keng, maqsadi ulug‘ bo‘ladi.

Har bir yangi kitob — yangi bilim, yangi fikr va yangi orzular sari ochilgan eshik. Shu ma’noda, o‘quv yilining kitob bilan boshlanishi yoshlar qalbida ilmga mehr uyg‘otib, ularning kelajakdagi yutuqlari uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun