Yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i yangradi

Date:

Bugun Bandixon tumanidagi 45 ta umumta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq” jarangi yangrab, 2026/2027-o‘quv yiliga tantanali start berildi. Bu kun, ayniqsa, 2 115 nafar bolaning maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygani bilan yanada hayajonli va unutilmas bo‘ldi. Qo‘llarida gullar, qalblarida beg‘ubor orzular bilan maktab sari yo‘l olgan jajji o‘quvchilar uchun bugun yangi hayotning ilk sahifasi ochildi.

Tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etilgan Bilimlar kuni tadbirida o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalar ishtirok etdi. Tadbirda tuman hokimi Abdumalik Allamuradov ishtirok etib, o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni Mustaqilligimizning 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘quvchi yoshlar va ustoz-murabbiylarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

— Bugun yurtimizda yosh avlodning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Siz, aziz o‘quvchilar, ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanib, puxta bilim olishingiz, ustozlaringizning ishonchini oqlashingiz va kelajakda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishingiz kerak. Ishonamizki, sizlarning har bir yutug‘ingiz Vatanimizning ertangi kuni uchun mustahkam poydevor bo‘ladi, — dedi tuman hokimi.

Bayram tadbirida maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan barcha 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘asi — zarur o‘quv qurollari to‘plamlari, shuningdek, umumta’lim maktablariga kitoblar jamlanmalari tantanali ravishda topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

1 500 bedana ortidagi katta niyat

Muzrabot tumanida “Yoshlar kuni” doirasida yosh tadbirkorlarning faoliyati o‘rganilib,...

Xorijdagi tajribadan voha taraqqiyotigacha

Surxondaryo viloyati hokimi “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida vohadagi...

Qizlar uchun suhbat, kelajak uchun saboq

Denov tumanidagi 101-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Davraga kel,...

Surxondaryo IT xaritasini kengaytirmoqda

Toshkentda o‘tayotgan “ICT Week Uzbekistan-2026” xalqaro haftaligida Surxondaryo viloyati...
KunTun
KunTun