Yangi o‘quv yiliga tantanali start berildi

Date:

Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” — “Bilimlar kuni” tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov Angor tumanidagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Maktabning 1-sinfga ilk bor qadam qo‘ygan o‘quvchilariga “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshirildi. A. Toshqulov maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan bolajonlarni samimiy muborakbod etib, ularga ilm olish yo‘lidagi ilk qadamlarida omad va muvaffaqiyat tiladi.

Shuningdek, o‘quvchilarni har bir daqiqani g‘animat bilib, sidqidildan bilim olishga, ustozlar sabog‘ini qadrlashga hamda kelajak sari dadil intilishga chorladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun