Oliy ta’lim sari imkoniyat

Date:

«Vatan tayanchi» harakati faol a’zolari hamda «Vatanparvarlar» va «Shijoat va g‘ayrat» musobaqalarining respublika bosqichi g‘oliblariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.

Yangi tartibga ko‘ra, belgilangan talablarga javob beradigan yoshlarga tavsiyanoma beriladi. Ushbu tavsiyanoma asosida oliy harbiy, harbiylashtirilgan hamda yuridik ta’lim muassasalariga kirishda abituriyent to‘plagan ballning 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball qo‘shiladi.

Tavsiyanoma 3 yil davomida amal qiladi.

Mazkur imkoniyat yoshlarni a’lo baholarda o‘qish, harbiy-vatanparvarlik tadbirlarida faol qatnashish, bilim va jismoniy tayyorgarligini oshirishga rag‘batlantirishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Aholi uchun yana bir qulaylik

Qumqo‘rg‘on tumanining Beshqahramon mahallasida, “Baraka” savdo markazi hududida aholiga...

Oliy ta’lim sari imkoniyat

«Vatan tayanchi» harakati faol a’zolari hamda «Vatanparvarlar» va «Shijoat...

Baxtli bolalik sari

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Jarqo‘rg‘on tumanidagi 13-sonli davlat maktabgacha...

14 jamoa — bir maqsad sari

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Semurg‘” bolalar oromgohida “Yashil chiroq–2026”...
KunTun
KunTun