XAVFSIZLIK — ENG MUHIM QADRIYAT

Date:

Inson hayoti va xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda bunday holatlarda tezkor yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish jamiyat taraqqiyotining muhim mezonlaridan biridir. Shu bois Surxondaryoda qutqaruv xizmatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va mutaxassislar uchun zamonaviy sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ana shu yo‘nalishdagi ishlar doirasida Sariosiyo va Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi qutqaruv qismlari hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi zamonaviy talablar asosida barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

Tantanali tadbirlarda Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari Rustam Jumayev va viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Sharof Shukurov ishtirok etdi.

Yangi obyektlar qutqaruvchilar uchun munosib xizmat sharoitini yaratish bilan birga, favqulodda vaziyatlarga tezkor va samarali javob qaytarish imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Bu esa, eng avvalo, aholi hayoti va xavfsizligini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Sariosiyo va Jarqo‘rg‘on tumanlari qutqaruv qismlariga bittadan zamonaviy maxsus qutqaruv texnikasi topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Baxtli bolalik sari

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Jarqo‘rg‘on tumanidagi 13-sonli davlat maktabgacha...

14 jamoa — bir maqsad sari

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Semurg‘” bolalar oromgohida “Yashil chiroq–2026”...

35 bolajon uchun unutilmas bayram

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida ijtimoiy ko‘makka muhtoj...

264 nafar vatandosh O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Mustaqillik bayrami arafasida imzolangan Prezident farmoni bilan 264 nafar...
KunTun
KunTun