Shved instituti bilan yangi loyihalar amalga oshiriladi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Shvetsiyaning Stokgolm xalqaro suv instituti (SIWI) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat Stokgolmda o‘tayotgan “World Water Weyek 2026” doirasida ishlab chiqilgan.

Ushbu hamkorlikning asosiy maqsadi — mamlakatimizda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, sohada institutsional samaradorlikni oshirish va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdan iborat. Hamkorlikda suv va iqlim diplomatiyasi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari:

davlat xizmatchilari, soha mutaxassislari, yosh tadqiqotchi va talabalar uchun suv diplomatiyasi, iqlimga moslashish, xalqaro muzokaralar, nizolarning oldini olish, havza boshqaruvi hamda ilm-fan va siyosat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha o‘quv va amaliy dasturlarni tashkil etish;

milliy qonunchilik va institutsional siyosatni inobatga olgan holda qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy nashrlar, yangi uslubiyat va innovatsion ishlanmalar bilan bo‘lishish.

Ushbu hamkorlik suv resurslarini barqaror boshqarish va sohaga zamonaviy, xalqaro yondashuvlarni joriy etish orqali mamlakatimiz va butun mintaqaning ekologik barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun