107 YOSHLI MENGLIHOL MOMOGA YUKSAK E’TIROF

Date:

Boysun tumanida istiqomat qiluvchi 107 yoshli Jo‘rayeva Menglihol onaxonga Prezidentimizning samimiy tabrigi hamda “Shuhrat” medali va “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Menglihol momo — uzoq yillar qishloq xo‘jaligi sohasida samarali mehnat qilgan, Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida fidokorona mehnat qilgan, hayotini halol mehnat va el-yurt xizmatiga bag‘ishlagan mo‘tabar onaxonlarimizdan biridir.

🌿 37 yillik mehnat faoliyati davomida u g‘allachilik, chorvachilik va bog‘dorchilik sohalarining rivojiga munosib hissa qo‘shdi.
Bugungi kunda 107 yoshli onaxon 12 nafar farzandi, 83 nafar nevarasi, 51 nafar evarasi va 14 nafar chevarasi mehr-muhabbati bag‘rida keksalik gashtini surmoqda.

✨ Hayotini mehnat, sabr-matonat va ezgulikka bag‘ishlagan Menglihol momoning bosib o‘tgan hayot yo‘li yosh avlod uchun haqiqiy ibrat maktabidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun