Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar

Date:

Surxondaryo viloyatida yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan navbatdagi oflayn mashg‘ulot Angor tumani hokimligi binosida sayyor shaklda tashkil etildi.

Unda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan 100 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga Termiz shahrida o‘tkazilgan “Media haftalik” hamda “SMM AI Savodxon” o‘quv kursining imkoniyatlari haqida videoroliklar orqali batafsil ma’lumot berildi.

Targ‘ibot ishlari natijasida 35 nafar yosh zamonaviy media va raqamli ko‘nikmalarni egallashga qiziqish bildirib, mazkur kursda ishtirok etish bo‘yicha hamkorlik shartnomalarini imzoladi.

Bunday sayyor mashg‘ulotlar yoshlarni yangi bilim va imkoniyatlar bilan tanishtirish, ularning zamonaviy kasblarga qiziqishini oshirish hamda kelajakdagi faoliyati uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun