6-yo‘nalishni tanlash boshlandi

Date:

Joriy yilgi qabulda 56,7 ball va undan yuqori natija qayd etgan, ammo tanlagan beshta ta’lim yo‘nalishining birortasiga ham talaba bo‘la olmagan abituriyentlar uchun yana bir imkoniyat yaratildi.

Ular 22-avgustdan 28-avgustga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali fanlar majmuasi va ta’lim tili mos keladigan, vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

Qo‘shimcha tanlovda 32 mingdan ortiq vakant o‘rin mavjud. Abituriyentlar to‘plagan ballari yuqoriligi ketma-ketligi asosida bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida talabalikka tavsiya etiladi.

Shu bilan birga, barcha ta’lim yo‘nalishlari va hududlarda ham bo‘sh o‘rinlar mavjud emas. Shuning uchun abituriyentlar platformada taqdim etilgan mavjud variantlardan o‘zlariga mos yo‘nalishni tanlashlari lozim.

Ma’lumot uchun, joriy yilda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 678 ming nafar abituriyent hujjat topshirgan. Ulardan 209 mingdan ortig‘i talabalikka tavsiya etilgan, 234 ming nafardan ziyodi esa belgilangan 56,7 ballik minimal chegarani to‘play olmagan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun