“Noqonuniy qurilish” boti ishga tushirildi

Date:

Shaharlarning me’moriy qiyofasini asrash, jamoat hududlaridan oqilona foydalanish va noqonuniy qurilishlarning oldini olishda jamoatchilik nazorati muhim ahamiyatga ega.

Shu maqsadda “Noqonuniy qurilish” Telegram boti ishga tushirildi. Loyiha noqonuniy qurilishlarga chek qo‘yish va shaharsozlik normalariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan.

Endilikda fuqarolar ko‘p qavatli uylar atrofida, sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari, yashil hududlar va boshqa jamoat joylarida noqonuniy qurilish holatlariga duch kelsa, maxsus Telegram bot orqali tezkor xabar yuborishi mumkin.

Tashabbus fuqarolarning shahar hayotidagi ishtirokini kuchaytirish, muammoli holatlarni tezkor aniqlash va Toshkentning me’moriy qiyofasini asrashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun