Ilg‘or xalqaro tajribalar o‘rganiladi

Date:

Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va pedagog kadrlarning malakasini rivojlantirishga qaratilgan yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining navbatdagi qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi tashkil etiladi. Markaz Maktabgacha ta’limni rivojlantirish instituti tarkibida faoliyat yuritadi.

Markazning asosiy yo‘nalishlari qatoridan mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, YUNESKOga a’zo davlatlarning maktabgacha ta’lim tajribasini o‘rganish, bolalarni erta rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ilg‘or metodlarni amaliyotga joriy etish o‘rin oladi.

Shuningdek, pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yangi yondashuvlar ishlab chiqilib, xalqaro trening, seminar va konferensiyalar tashkil etiladi.

Markaz faoliyatini Boshqaruv kengashi muvofiqlashtiradi, unga Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan tayinlanadigan direktor rahbarlik qiladi. Markazning tashkil etilishi maktabgacha ta’limda xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Taxiatoshlik yosh “Jasorat maktabi”da chiniqdi

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, ularni mustaqil hayotga...

Obodlik ishlari nazoratda

Termiz shahrining qiyofasi, ko‘chalar va mahallalardagi tozalik hamda aholiga...

Bugungi media maydoni qanday mutaxassisni talab qiladi?

Bugun axborot xizmati rahbaridan faqat yangilikni yetkazish emas, balki...

Sog‘lom turmush tarzi — faol harakatdan boshlanadi

Inson salomatligini mustahkamlashda muntazam jismoniy faollik muhim ahamiyatga kasb...
KunTun
KunTun