Xorijiy yoshlar uchun 70 ta grant ajratildi

Date:

O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan ta’lim sohasidagi hamkorligi kengayib, yoshlar uchun mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlari ortmoqda. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolariga O‘zbekiston davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun jami 70 ta grant ajratildi.

Ajratilgan grantlar doirasida nomzodlar tanlov asosida saralanadi. Ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Nomzodlardan tanlangan ta’lim tilini bilish, shuningdek, ikkita mutaxassislik fanidan sinov topshirish talab etiladi.

Qirg‘iziston fuqarolari uchun hujjatlar 2026-yil 22-avgustga qadar qabul qilinadi. Kirish sinovlari 24-avgust kuni O‘sh davlat universitetida o‘tkaziladi.

Mazkur tashabbus xorijiy yoshlarning O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida tahsil olish imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va mamlakatimiz oliygohlarining mintaqadagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun