COWORKING — bilim va imkoniyatlar maskani

Date:

Yoshlar uchun zamonaviy bilim olish, kasb-hunar o‘rganish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish kelajak uchun muhim sarmoyadir. Ana shunday imkoniyatlarni bir makonda jamlagan COWORKING o‘quv markazi o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Yosh tadbirkor Sevinch Tohirova tomonidan tashkil etilgan markazda ingliz va rus tillari, matematika, tikuvchilik, kompyuter hamda IT yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Bu yerda yoshlar nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni ham egallaydi. Ayniqsa, tikuvchilik va IT yo‘nalishlari kelgusida kasb egallash, daromad topish va mustaqil faoliyat yuritish uchun zarur imkoniyatlarni yaratadi.

“Yoshlarga bilim berish — ularga shunchaki bir fanni o‘rgatish emas. Biz ularga o‘z kuchiga ishonish, yangi imkoniyatlarni ko‘rish va kelajagini mustaqil qurish uchun yo‘l ochishni istaymiz”, — deydi Sevinch Tohirova.

COWORKING yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashiga ko‘maklashadigan zamonaviy ta’lim maskaniga aylanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun