Ezgulik chellenji davom etmoqda

Date:

Mehr-oqibat va insonparvarlik qadriyatlarini keng targ‘ib etish, ehtiyojmand oilalar va ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu tashabbuslar joylarda izchil davom etmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida boshlangan ezgulik chellenji Uzun tumanida ham davom etdi.

Tuman hokimi Xabibulla Bozorov boshchiligida mahallalarda istiqomat qiluvchi 127 nafar boquvchisini yo‘qotgan fuqaro hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj 32 nafar yolg‘iz keksa uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmalari topshirildi. Shuningdek, 28 nafar ehtiyojmand oilalar farzandlarining kontrakt to‘lovlarini qoplash uchun vaucherlar berildi.

Mustaqillik bayrami arafasida ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va amaliy ko‘mak ehtiyojmand oilalar hamda nuroniylarni quvontirib, ezgulik va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun