Surxondaryo va Tyanszin: investitsiyaviy hamkorlikning yangi istiqbollari

Date:

“O‘zbekiston (Surxondaryo) – Xitoy” investitsiya forumi doirasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Tyanszin shahrining savdo-iqtisodiy doiralari vakillarini qabul qildi.

Uchrashuvda Tyanszin shahri Tashqi iqtisodiy va savdo uyushmalari federatsiyasi, Shinjon–Tyanszin hamda Tyanszin–Shinjon savdo palatalari raisi Lin Ching ishtirok etdi.Muloqot davomida Surxondaryo va Xitoy ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar sanoat, qishloq xo‘jaligi, logistika, turizm hamda boshqa istiqbolli tarmoqlarda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini atroflicha ko‘rib chiqdilar.

Ta’kidlanganidek, Tyanszin shahri Tashqi iqtisodiy va savdo uyushmalari federatsiyasi Xitoy bo‘ylab hamda xorijiy mamlakatlardagi 40 dan ortiq savdo uyushmalarini birlashtiradi. Savdo palatalari “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida Markaziy Osiyo bozorlarida faoliyatini kengaytirishga katta e’tibor qaratmoqda.

Uchrashuv yakunida Surxondaryo va Xitoy ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi biznes tashabbuslarini birgalikda ilgari surish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun