Hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

Date:

“O‘zbekiston (Surxondaryo) – Xitoy” investitsiya forumi doirasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan hamda “JDB Group Limited” kompaniyasi raisi Chen Xung To boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Muloqot davomida mehmonlarga Surxondaryoning investitsiyaviy salohiyati, strategik geoiqtisodiy joylashuvi, mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslari, shuningdek, hali to‘liq ishga solinmagan imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, hududning tashqi bozorlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar taqdim etildi.

Uchrashuvda mavjud hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, yangi investitsiyaviy takliflarni ko‘rib chiqish va qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar yakunida qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va yangi investitsiya imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun