Xitoy delegatsiyasiga Surxondaryoning geologik salohiyati taqdim etildi

Date:

Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgan Xitoy Xalq Respublikasining davlat organlari va yirik kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida bo‘ldi.

Tashrif davomida mehmonlar universitetda tashkil etilgan Surxon geologiyasi muzeyi bilan tanishib, vohaning geologik tarixi, mineral-xomashyo resurslari va hududning tabiiy boyliklari haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Xitoylik delegatsiya vakillariga universitetning ta’lim va ilmiy salohiyati, zamonaviy moddiy-texnik bazasi hamda hudud iqtisodiyoti uchun malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi faoliyati haqida ham ma’lumot berildi.

Muloqot chog‘ida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mehmonlarga Surxondaryoning tog‘-kon sanoatidagi salohiyati, mineral-xomashyo bazasi, mavjud konlari va istiqbolli investitsiya loyihalari taqdimot qilindi.

Tashrif yakunida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish va sanoat tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur tashrif Surxondaryoning geologik va sanoat salohiyatini xalqaro hamkorlarga namoyish etish, shuningdek, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun