Termiz — qadimiy savdo yo‘llaridan zamonaviy hamkorlik sari

Date:

Surxondaryoning qadimiy savdo va madaniyat markazi bo‘lgan Termiz bugun ham xalqaro aloqalarni rivojlantirishda muhim maydonga aylanmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tarixiy rishtalarni zamonaviy iqtisodiy hamkorlik bilan uyg‘unlashtirishda hududning strategik o‘rni katta ahamiyat kasb etadi.

14–16-avgust kunlari “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida ilk bor “O‘zbekiston (Surxondaryo)-Xitoy” xalqaro forumi o‘tkazilmoqda. Forum ishtirokchilari Termiz xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Termizning Xitoy bilan aloqalari uzoq tarixga ega. Qadimda Buyuk Ipak yo‘li orqali Surxondaryo va Xitoy o‘rtasida savdo-sotiq, madaniy hamda sivilizatsiyalararo almashinuv rivojlangan. Xitoydan ipak va ipak matolari keltirilgan bo‘lsa, bu hududdan shisha buyumlar, zeb-ziynatlar va qimmatbaho toshlar olib borilgan.

Bugungi forum ana shu tarixiy aloqalarning zamonaviy davrdagi mantiqiy davomi bo‘lib, Surxondaryoning xalqaro savdo, investitsiya va biznes hamkorligidagi imkoniyatlarini namoyish etish, O‘zbekiston-Xitoy iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun