Yagona vatan, yagona xalq — yagona maqsad

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi — xalqimizning tinch va farovon hayot yo‘lida erishgan ulkan yutuqlarini, milliy birlik va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan qutlug‘ ayyomdir.

Shu munosabat bilan Jarqo‘rg‘on tumani Kakaydi qo‘rg‘onida “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi ostida bayram oldi madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida istiqlolning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va ezgu kelajak sari intilishlar tarannum etildi. Ayniqsa, tuman 20-son Madaniyat markazi estrada xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Tadbir Vatanga muhabbat, xalqimiz birdamligi va istiqlolga shukronalik tuyg‘ularini yanada yuksaltirgan holda, ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun