Maktab yangi o‘quv yiliga tayyor

Date:

O‘quvchilar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish — ta’lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biridir. Shu maqsadda hududlarda maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati izchil o‘rganilmoqda.

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov “Jobu” mahallasidagi 4-sonli umumta’lim maktabining 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida maktab binosi va hududi, sinfxonalar, mavjud shart-sharoitlar, obodonlashtirish hamda ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirilib, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarni sifatli yakunlash hamda o‘quvchilar uchun munosib ta’lim sharoitlarini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun