Stadion zamonaviy talablarga moslashtiriladi

Date:

Sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar uchun qulay sharoit yaratish va nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish hududda sportni ommalashtirishning muhim omillaridan biridir. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrining “Manguzar” mahallasidagi futbol stadionida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Surxondaryo viloyati sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi tasarrufidagi stadionda ayni paytda yugurish yo‘lakchasi barpo etilmoqda. Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha xalqaro turnir loyihasi ham taqdim etildi.

Viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Ravshanbek Maxmudov amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi.

Viloyat hokimi bunyodkorlik ishlarini sifatli va o‘z muddatida yakunlash, stadionni zamonaviy talablarga moslashtirish hamda xalqaro turnirni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun