“Elobod”da 100 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida xitoylik investorlar tomonidan 5 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobidan zamonaviy pishgan g‘isht ishlab chiqarish korxonasi qurilmoqda.

Ayni paytda korxonada qurilish-montaj ishlari jadal davom etmoqda. Ilg‘or texnologiyalar asosida tashkil etiladigan mazkur loyiha qurilish materiallariga bo‘lgan ichki talabni qondirish, mahalliy ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va tumanda sanoatni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Korxona to‘liq quvvat bilan ishga tushirilgach, 100 nafardan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Bu esa aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda Qumqo‘rg‘on tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga yangi turtki beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bukhara Open”dan 10 medal

Buxoro shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Bukhara Open” VII xalqaro...

Harbiylar shaxmat taxtasida kuch sinashdi

Mustaqillik — xalqimizning tinch va osoyishta hayoti, yurtimiz sarhadlarining...

Qumqo‘rg‘onlik qizlar gandbolda g‘olib

Termiz shahridagi “Surxon arena” sport majmuasida yoshlar o‘rtasida “Besh...

Bandixonda yangi bunyodkorlik obyekti

Mustaqillik — xalqimizning tinch va farovon hayoti, yurtimizdagi bunyodkorlik...
KunTun
KunTun