Kitobga oshno yoshlar

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Bojxona boshqarmasida yosh bojxona xodimlarining kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada milliy va jahon adabiyotining sara namunalari, qiziqarli ensiklopediyalar hamda ilmiy-ommabop nashrlar keng namoyish etildi.

Yosh bojxonachilar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni xarid qilib, bilim va dunyoqarashlarini yanada boyitish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bunday tadbirlar yosh xodimlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish, kitobga mehr uyg‘otish va ularning intellektual salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun