Qiziriqda ham chiqindilar qayta ishlanadi

Date:

Qiziriq tumanida atrof-muhit musaffoligini ta’minlash va chiqindilarni samarali boshqarishga xizmat qiladigan yangi korxona faoliyatini boshladi. Viloyat hokimi U. Qosimovning tumanga tashrifi davomida “Qiziriq Invest” MChJga qarashli chiqindilarni qabul qilish, saralash va qayta ishlash korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Korxonada chiqindilarni zamonaviy usullarda qabul qilish, turlarga ajratish va qayta ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Bu orqali hududlarda sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhitni asrash hamda chiqindilarni samarali boshqarishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish ko‘zda tutilgan. Tashrif davomida korxonaning ish jarayonlari, mavjud imkoniyatlari va kelgusidagi rejalari ko‘zdan kechirildi. Uning ishlab chiqarish quvvatidan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Yangi korxonaning ishga tushirilishi chiqindilarni shunchaki yig‘ish emas, balki ularni saralash va qayta ishlash orqali ulardan samarali foydalanish, hududlar tozaligini ta’minlash hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun