Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda bayramni ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish, aholini sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu maqsadda Qumqo‘rg‘on tumanidagi Markaziy oziq-ovqat dehqon bozorida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan asosiy turdagi oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozor narxlariga nisbatan maqbul va arzonlashtirilgan narxlarda taklif etilmoqda. Tuman hokimi Farrux Xoliqov, tuman prokurori Mirzohid Hayitov hamda mas’ullar yarmarka faoliyati bilan yaqindan tanishib, aholiga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida savdo yarmarkalarida mahsulotlar yetarli miqdorda bo‘lishi, narxlarning asossiz oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, sanitariya va savdo qoidalariga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ullarga aholiga qulay xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, yarmarkalarda mahsulotlar turi va miqdori yetarli bo‘lishini nazorat qilish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Bunday arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari bayram arafasida aholining kundalik ehtiyojlarini maqbul narxlarda ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun