Yangi korxona ishga tushiriladi

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida hudud infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladigan yangi loyiha amalga oshirilmoqda. “Ulkan Sarbon Fayz” MChJ tomonidan zamonaviy asfaltbeton ishlab chiqarish korxonasi qurilmoqda. Ayni paytda korxona uchun zarur uskunalar maxsus texnikalar yordamida olib kelinib, ularni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

7 milliard so‘mlik loyiha doirasida soatiga 120 tonna asfaltbeton ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona tashkil etiladi. Uning ishga tushirilishi bilan 20 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Yangi ishlab chiqarish quvvati tumandagi yo‘l qurilishi va ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, qurilish hamda obodonlashtirish loyihalarini mahalliy ishlab chiqarilgan asfaltbeton bilan ta’minlash imkonini kengaytiradi.

Eng muhimi, korxonaning faoliyat boshlashi mahalliy aholi bandligini ta’minlash, sanoat salohiyatini oshirish va hudud infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu loyiha Qumqo‘rg‘onda ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga, sifatli yo‘l infratuzilmasini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammolar va bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, hududdagi...

Har bir xonadon — e’tiborda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumani Duoba mahallasining...

Tursunzodada do‘stlik va qardoshlik tarannum etildi

Tojikiston Respublikasining davlat mustaqilligi 35 yilligi munosabati bilan Tursunzoda...

Sariosiyo delegatsiyasi Tojikistonda

Ayni paytda Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov boshchiligidagi delegatsiya...
KunTun
KunTun