O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi katta majlislar zalida “Ekologik faol kasaba uyushmasi jamoasi” respublika ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda ishtirokchi jamoalar tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish, yashil hududlarni kengaytirish, obodonlashtirish hamda ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ibratli ishlar namoyish etildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rin Surxondaryo viloyati Uzun tuman hokimligi kasaba uyushmasi jamoasiga nasib etdi va ushbu jamoa ko‘rik-tanlovning navbatdagi bosqichida Surxondaryo viloyati sharafini himoya qiladi.

