“Salomatlik marafoni” start oldi

Date:

Sariosiyo tumanida aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga qaratilgan “Salomatlik marafoni”ga start berildi. Sharg‘un shahridan boshlangan marafon doirasida profilaktik tibbiy ko‘riklarni kengaytirish, aholiga malakali tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Sharg‘un shahar Madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida Sariosiyo tumani hokimligi mutasaddilari, tibbiyot muassasalari rahbarlari va soha xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

“Salomatlik marafoni” bir oy davomida tumanning barcha mahallalarida davom etadi. Marafon davomida aholini ommaviy tibbiy ko‘riklar bilan qamrab olish, yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni erta aniqlash, profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda aholida sog‘lom turmush tarzi madaniyatini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Zero, kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olish, salomatlikka e’tiborni kundalik hayot tarziga aylantirish muhim. “Salomatlik marafoni”ning barcha mahallalarni qamrab olishi esa bu boradagi targ‘ibot va profilaktika ishlarini aholiga yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun