Muvaffaqiyati yangi marralarga boshlaydi

Date:

Xitoyning Sian shahrida erkin kurash bo‘yicha nufuzli xalqaro 2026 China–Central Asia Elite Wrestling Tournament turniri bo‘lib o‘tdi.

Unda yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Jarqo‘rg‘on tumani farzandi Namoz Aburashidov 125 kg vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Polvonimizning ushbu natijasi mag‘lubiyat emas, aksincha, katta g‘alabalar sari tashlangan muhim qadamdir. Ikkinchi o‘rin — uning salohiyati, matonati va yuqori darajadagi musobaqalarda munosib raqobatlasha olishini namoyon etgan natija.

Ishonamizki, bu muvaffaqiyat Namoz Aburashidov uchun yanada katta zafarlar, yangi marralar va g‘alabali odimlar uchun mustahkam debocha bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun