“Paxtaoy”da yangi loyihalar

Date:

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov Termiz tumanidagi sobiq “Paxtaoy” bolalar oromgohi hududida bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Ma’lumot o‘rnida, 6,7 gektar maydonda kasaba uyushmasi bog‘i hamda zamonaviy sanatoriya-oromgoh tashkil etish rejalashtirilgan. Tashrif davomida mazkur loyihalar taqdimoti bilan tanishgan rektor hudud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda Spin-off korxonalarini tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Tashrifning keyingi manzilida rektorga universitet hududida Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan maktabgacha ta’lim muassasasi loyihasi taqdim etildi. Shuningdek, Yoshlar sayilgohining uzviy davomi sifatida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan xizmat ko‘rsatish nuqtalarida olib borilayotgan rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Bir-birini to‘ldiruvchi ushbu loyihalar hududlardan samarali foydalanish, ularni obod va zamonaviy qiyofaga keltirish bilan birga, yoshlar va aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun