Obod mahalla sari ezgu tashabbus

Date:

Mahalla obodligi, avvalo, shu hududda yashayotgan aholining daxldorligi va hamjihatligiga bog‘liq. Ayniqsa, yoshlarning bunday ezgu ishlardagi faolligi nafaqat atrof-muhitni obod qiladi, balki ularda jamoaviylik, mas’uliyat va yurtga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlaydi.

Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo‘limi tashabbusi bilan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida shahar bo‘ylab yoshlar hashari tashkil etildi.

E’tiborlisi, xayrli tashabbusda Termiz shahridagi 37 ta mahallaning yoshlari va yoshlar yetakchilari faol ishtirok etdi. Hashar davomida mahallalardagi namunali ko‘chalarda tozalash, obodonlashtirish va hududlarni tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.

Yoshlarning o‘zlari yashayotgan hududni yanada obod va ko‘rkam qilishga qo‘shayotgan hissasi hamjihatlik va tashabbuskorlikning yorqin namunasidir. Bunday ezgu mehnat natijasida mahallalar yanada ozoda va fayzli qiyofa kasb etib, “Hashar — xalqimizning birdamlik an’anasi” degan qadriyat yana bir bor o‘z ifodasini topmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun