Muammoga manzilli yondashuv

Date:

Mahallalarda aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, bandlikni ta’minlash va hududlarni har tomonlama rivojlantirish — bugungi kunning muhim vazifalaridan. Shu maqsadda og‘ir toifadagi mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari yuzasidan viloyat hokimi tomonidan onlayn muhokama o‘tkazildi.

Unda mahallalar kesimida vazifalar ijrosi, aholi murojaatlari hamda yechimini kutayotgan muammolar atroflicha tahlil qilindi. Har bir hududdagi muammolarga manzilli yondashish, aholi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, aholini toza ichimlik suvi va boshqa zarur xizmatlar bilan ta’minlash borasidagi ishlarning holati ham ko‘rib chiqildi.

Onlayn yig‘ilishda Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov, tuman prokurori Ravshan Turdiyev, IIB boshlig‘i Dilmurod Qurbonov, mas’ul rahbarlar hamda mahalla mutasaddilari ishtirok etdi.

Muhokama yakunida aniqlangan muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, topshiriqlar ijrosini qat’iy nazoratga olish hamda og‘ir toifadagi mahallalarni ushbu toifadan chiqarish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun