“Millat Shavkati” — tarixiy xotira va milliy o‘zlik haqida

Date:

Kitob — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy tajribasi va bugungi tafakkurini avlodlarga yetkazuvchi bebaho manba. Shu ma’noda, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi, senator, siyosatshunos Qudratulla Rafiqovning “Millat Shavkati” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva, olimlar, ziyolilar, ijodkorlar, jamoatchilik vakillari va kitobxonlar ishtirok etdi.

Taqdimot davomida asarning mazmun-mohiyati, unda xalqimizning tarixiy xotirasi, milliy o‘zligi, ma’naviy qadriyatlari va bugungi taraqqiyot jarayonlari o‘zaro uyg‘unlikda yoritilgani haqida fikr almashildi. Ta’kidlanganidek, bunday asarlar yosh avlodning o‘z tarixini chuqur anglashiga, milliy qadriyatlarga hurmat va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashiga xizmat qiladi. Kitobning mazmuni va undagi fikrlar atrofidagi muloqot esa ishtirokchilarda tarix, milliy o‘zlik va bugungi taraqqiyot haqida yanada teran mushohada yuritish imkonini berdi.

Taqdimot kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy muhitni boyitish va yoshlarni milliy tafakkur ruhida tarbiyalash yo‘lidagi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun