Milliy qadriyatlar — folklor san’atida

Date:

Boysun tumanida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan «ETNOSURXON» folklor va milliy o‘yinlar festivali yuqori saviyada o‘tkazildi. Jamoalar tomonidan xalqimizning qadimiy urf-odat va an’analari, folklor qo‘shiqlari hamda milliy raqslari aks etgan badiiy dastur namoyish etildi.

«Qirmizi» jamoasining mazmunli chiqishlari ishtirokchilar va mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otib, milliy qadriyatlarimiz, xalq og‘zaki ijodi va boy madaniy merosimizni keng targ‘ib etishga xizmat qildi.

Bunday festivallar folklor san’atini asrab-avaylash va rivojlantirish, milliy an’analarni kelgusi avlodlarga yetkazish, yoshlar qalbida milliy g‘urur va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.

«Qirmizi» jamoasining festivaldagi munosib ishtiroki Oltinsoy tumanining madaniy hayotidagi muhim voqealardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

2 sotixdan — mo‘l hosil va daromad

Tomorqa — to‘g‘ri yondashuv va tinimsiz mehnat bilan oilaviy...

Yozgi sog‘lomlashtirish — muhim jarayon

Yoz fasli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lom hordiq chiqarishi,...

Quruvchilar mehnati — bunyodkorlik poydevori

Har bir yangi bino, obod ko‘cha va zamonaviy inshoot...

“Oqarbuloq” obodlik sari yuzlanmoqda

Mahalla qiyofasi, avvalo, uning infratuzilmasi va aholi uchun yaratilgan...
KunTun
KunTun