Toʻyga toʻyona boʻldi

Date:

Mahallalar obodligi, avvalo, aholiga yaratilayotgan sharoit va qulayliklarda namoyon bo‘ladi. Zamonaviy infratuzilmaning barpo etilishi fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularning muammolarini manzilli hal etish va mahalla xizmatlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Bandixon tumanining Polvontosh mahallasida mahalla yettiligi uchun barcha qulayliklarga ega yangi bino barpo etilib, foydalanishga topshirildi. Ilgari tor va sharoiti yetarli bo‘lmagan binoda faoliyat yuritgan mahalla xodimlari endilikda zamonaviy ish sharoitiga ega bo‘ldi.

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgan yangi bino Polvontosh aholisi uchun munosib bayram tuhfasiga aylandi. Uning ochilish marosimida tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, mahalla nuroniylari va faollari ishtirok etdi.

Yangi maskan nafaqat mahalla yettiligi uchun qulay ish joyi, balki fuqarolar murojaatlari tinglanadigan, muammolar hal etiladigan va aholi manfaatlari ta’minlanadigan maskan sifatida xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun