“Oqarbuloq” obodlik sari yuzlanmoqda

Date:

Mahalla qiyofasi, avvalo, uning infratuzilmasi va aholi uchun yaratilgan sharoitlarda namoyon bo‘ladi. Oltinsoy tumanidagi “Oqarbuloq” mahallasida ayni yo‘nalishda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Hudud infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan drayver loyiha doirasida umumiy qiymati 2 milliard 619,9 million so‘mlik qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Tuman hokimi Otabek Mavlyanov hududga tashrif buyurib, loyihaning borishini joyiga chiqib ko‘zdan kechirdi.

Loyiha doirasida 2 kilometr piyodalar yo‘lakchasi barpo etilib, 2 kilometr ariqlar lotoklanmoqda. Shuningdek, 28 ta zamonaviy tungi yoritish chirog‘i o‘rnatilib, aholi uchun 66 ta o‘rindiq va 66 ta chiqindi qutisi joylashtirilmoqda.

Bu kabi amaliy ishlar “Oqarbuloq” mahallasining zamonaviy qiyofasini shakllantirish bilan birga, aholiga yanada qulay, xavfsiz va obod muhit yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun