2026-yil 1-sentyabrdan boshlab brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida yo‘l haqi to‘lash tartibi qat’iylashtiriladi.
Yangi tartibga ko‘ra, yo‘lovchi avtobusga chiqishi bilan yo‘l haqini to‘lashi shart. To‘lov transport yoki ijtimoiy kartani validatorga tekkizish, bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz vositalar orqali amalga oshiriladi.
Agar yo‘lovchi avtobusga chiqqan paytda yo‘l haqini to‘lamasa yoki imtiyozini tasdiqlamasa, chiptasiz harakatlanayotgan hisoblanadi va unga nisbatan jarima qo‘llanishi mumkin.

