Qurilish sohasi xodimlari sharaflandi

Date:

Yurtimizda har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasi — Qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Sariosiyo tumanida soha fidoyilari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir avvalida Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov hamda tuman mutasaddilari Sariosiyoning zamonaviy qiyofasini yaratish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilmani barpo etish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan quruvchi va muhandislar, me’morlar, ustalar, loyihachi hamda pudratchi tashkilotlar vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Shuningdek, sohada ko‘p yillik samarali mehnati, tashabbuskorligi va erishgan yutuqlari bilan ajralib turgan bir guruh ilg‘or xodimlar tuman hokimligining faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bayram tadbiri tantanali dasturxon atrofida davom etdi. Tuman Madaniyat bo‘limi ijodkorlari hamda taniqli san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun