Maʼmuriy ishlar elektron shaklga oʻtkaziladi

Date:

Yo‘l harakati qoidalarini buzishga oid ma’muriy ishlarni rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish tartibi tubdan yangilanishi kutilmoqda.

Yangi yo‘riqnoma loyihasiga ko‘ra, bunday ishlar elektron shaklda yuritilib, hujjatlar hamda dalillar sudlarga elektron ko‘rinishda yuboriladi. Fuqarolar murojaatlarini istalgan hududiy markazda topshirishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, xizmatlarni “yagona darcha” va “open space” tamoyillari asosida ko‘rsatish, qoidabuzarliklarni planshetlar orqali rasmiylashtirish, elektron bayonnomalarni grafik imzo yoki barmoq izi bilan tasdiqlash hamda qaror va xabarnomalarni SMS, mobil ilova va shaxsiy kabinet orqali yuborish nazarda tutilmoqda.

Yangi tartib ma’muriy ish yuritishni soddalashtirish, tezlashtirish va shaffofligini oshirishga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun