“Prezident sovg‘alari” yetkazilmoqda

Date:

Yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, bolajonlarni maktabga zarur o‘quv qurollari bilan ta’minlash va ularga birinchi kundanoq quvonch ulashish maqsadida “Prezident sovg‘alari” an’anasi davom ettirilmoqda.

2026/2027-o‘quv yili uchun birinchi sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan “Prezident sovg‘alari”ni hududlarga yetkazish boshlandi. O‘quv qurollari 15-avgustga qadar barcha hududlarga, 25-avgustga qadar esa birinchi sinfga qabul qilingan o‘quvchilar soniga mos ravishda maktablarga to‘liq yetkazilishi rejalashtirilgan. To‘plamlar “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlaridan so‘ng o‘quvchilarga tantanali ravishda topshiriladi.

12 turdagi o‘quv qurolidan iborat to‘plamga maktab sumkasi, daftarlar, ruchka va qalamlar, rangli qalamlar, rangli qog‘oz, plastilin, rasm daftari, o‘chirg‘ich, akvarel bo‘yoqlari, yelim hamda qalamdon kiritilgan.

“Prezident sovg‘alari” davlat maktablari bilan bir qatorda nodavlat ta’lim muassasalari hamda boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi maktablarda tahsil oladigan birinchi sinf o‘quvchilariga ham yetkaziladi. Bu jarayonda har bir bolani o‘quv qurollari bilan o‘z vaqtida ta’minlash uchun elektron platforma orqali o‘quvchilar ro‘yxati shakllantirilgan.

Yangi o‘quv yilida respublika bo‘yicha 795 mingdan ortiq bolaning 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan. 5-avgust holatiga ko‘ra, 680 ming nafardan ortiq bola maktabga qabul qilingan bo‘lib, bu rejaning 85 foizini tashkil etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun