Toʻlovi kuymaydi

Date:

Milliy sertifikat imtihonlarida talabgorlar uchun qulaylik yaratish va asosli sabablarga ko‘ra imtihonda ishtirok eta olmaganlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida yangi tartib joriy etilmoqda.

Bilim va malakalarni baholash agentligi mas’ul xodimi Javlonbek Nurmatovning ma’lum qilishicha, chet tili va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoniga uzrli sabab bilan kela olmagan talabgorning to‘lovi kuyib ketmaydi. Bunday holatda u keyingi imtihonda qo‘shimcha to‘lovsiz ishtirok etishi yoki to‘lagan mablag‘i qaytarib berilishi mumkin.

Kasallik, xizmat safari, oila a’zosining vafoti kabi holatlar tegishli tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandagina uzrli sabab sifatida qabul qilinadi.

Mazkur tartib imtihonga kechikkan, uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagan yoki qoidabuzarlik sababli imtihondan chetlashtirilgan talabgorlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun