“Men tanigan O‘zbekiston” — xorijlik olim nigohi

Date:

O‘zbekistonning boy tarixi, betakror madaniyati va bugungi taraqqiyot yo‘li xorijlik olim va tadqiqotchilar e’tiborini ham o‘ziga jalb etmoqda. Bunday asarlar mamlakatimizda kechayotgan yangilanishlarni xalqaro jamoatchilikka yetkazish, O‘zbekistonning nufuzini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan turkiyalik taniqli olim Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan O‘zbekiston” kitobi nashr etildi. “Ma’rifat elchilari” loyihasi doirasida o‘zbek va turk tillarida tayyorlangan mazkur asarda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakat taraqqiyoti, boy madaniy meros va xalqimizning milliy qadriyatlari yoritilgan.

Shuningdek, asarda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rni xorijlik olim nigohi orqali tahlil qilinadi. Kitob yurtimizning bugungi qiyofasi va taraqqiyot jarayonlarini kengroq tanitishga xizmat qiladigan muhim ma’rifiy manbalardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun