“Yaxshilik karvoni” yoʻlga chiqdi

Date:

Mehr-oqibat va insonparvarlik jamiyatimizning eng ezgu qadriyatlaridan biridir. Ayniqsa, e’tibor va g‘amxo‘rlikka muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qobiliyatini yuzaga chiqarish va jamiyatdagi faolligini rag‘batlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Qumqo‘rg‘on tumanida “Yaxshilik karvoni” loyihasi doirasida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati vakillari “G‘amxo‘rlik” markazi (Muruvvat uyi)ga tashrif buyurdi. Tashrif davomida markaz tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan turli qo‘l mehnati mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari va ijodiy ishlanmalar ko‘zdan kechirildi.

Tarbiyalanuvchilarning mehnatsevarligi, iste’dodi va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishi yuqori baholanib, ular bilan samimiy muloqot o‘tkazildi. Suhbat davomida inson qalbiga mehr va e’tibor berish, ezgulik, mehr-oqibat hamda insonparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib etishning ahamiyati ta’kidlandi.

Bunday ezgu tashabbuslar tarbiyalanuvchilarni ruhlantirish, ularning iste’dodini qo‘llab-quvvatlash va jamiyatga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun