31 ta murojaat ko‘rib chiqildi

Date:

Sherobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i tomonidan 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida fuqarolar hamda ta’lim sohasi xodimlari uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan qabul davomida ta’lim tizimiga oid murojaatlar, taklif va tashabbuslar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.

Sayyor qabulda 51 nafar fuqaro ishtirok etdi. Jami 31 ta murojaat ro‘yxatga olinib, shundan 6 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan 25 ta murojaat yuzasidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Bunday sayyor qabullar ta’lim sohasidagi dolzarb masalalarni joyida o‘rganish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda murojaatlarni tezkor hal etishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun