Yoz mavsumida aholi xavfsizligini ta’minlash va bolalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish muhim vazifalardan biridir. Shu maqsadda Qiziriq tumanida “Dolzarb 60 kun” doirasida profilaktik va ma’rifiy tadbirlar o’tkazildi.
Tadbirlar davomida Favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari tomonidan yong’in va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish bo’yicha targ’ibot ishlari olib borildi.
Shuningdek, tashkil etilgan “Unutilmas suv shou” bolajonlarga yozgi ta’tilni quvonchli va mazmunli o’tkazish imkonini yaratib, ularga unutilmas taassurotlar ulashdi.
“Dolzarb 60 kun” doirasidagi tadbirlar orqali bir vaqtning o’zida aholi xavfsizligini mustahkamlash hamda yosh avlodning sog’lom va mazmunli dam olishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

