Yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ularni zamonaviy kasb-hunarga yo’naltirish hamda bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir.
“Har payshanba – Yoshlar kuni” doirasida Sherobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i R. Rayimov tumandagi “Kelajak” markazi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida markazda yaratilgan shart-sharoitlar, to’garaklar faoliyati va ta’lim sifati bo’yicha olib borilayotgan ishlar ko’zdan kechirildi. Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o’tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Uchrashuv yakunida markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlar qamrovini kengaytirish hamda ularning bilim va iqtidorini qo’llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

