Xavfsizlik — mas’uliyat!

Date:

Yo’l harakati qoidalariga rioya qilish inson hayoti va salomatligini asrashning eng muhim shartlaridan biridir. Bir soniyalik ehtiyotsizlik esa bir umrlik afsusga sabab bo’lishi mumkin.

Shu maqsadda Bandixon tumanida yo’l-transport hodisalarining oldini olish hamda haydovchi va piyodalar o’rtasida yo’l harakati madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan avtokarvon tadbiri o’tkazildi.

Tadbir davomida fuqarolar yo’l harakati qoidalariga amal qilish, tezlik me’yorini buzmaslik, xavfsizlik kamaridan foydalanish va yo’llarda doimo hushyor hamda mas’uliyatli bo’lishga chaqirildi. Shuningdek, targ’ibot materiallari tarqatilib, hayotiy misollar asosida yo’l xavfsizligining ahamiyati keng targ’ib etildi.

Unutmang, yo’ldagi har bir to’g’ri qaror inson hayotini saqlab qolishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun