Oltinsoyliklar munosib qatnashdi

Date:


Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda ekologik madaniyatini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yildagi “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan “ECO YOUTH SUMMIT” – Yosh ekologlar xalqaro sammiti tashkil etildi.

Mazkur xalqaro sammit ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish tamoyillarini keng targ‘ib etish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda yoshlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim platformaga aylandi. Sammit davomida ekologik muammolarga innovatsion yechimlar ishlab chiqish, yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda ekologik loyihalarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ushbu nufuzli tadbirning asosiy maqsadi Yangi O‘zbekiston yoshlarini xalqaro maydonda birlashtirish, ekologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, yoshlarning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning ekologik tashabbuslarini rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.

Ikki kun davom etgan xalqaro sammitda O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat Kengashi hamda uning hududiy tuzilmalari vakillari faol ishtirok etdilar. Xususan, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Oltinsoy tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” yetakchilari sammit dasturidagi munozaralar, seminar-treninglar va amaliy loyihalarda munosib qatnashib, o‘zlarining bilim va tashabbuskorliklarini namoyon etdilar.

Yakunda faol ishtirok etgan yoshlar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu e’tirof yoshlarning ekologik sohadagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni kelgusida yanada faol bo‘lishga undash hamda ekologik harakatlar safini kengaytirishga xizmat qiladi.

Barno ESHANQULOVA,

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Oltinsoy tuman Kengashi raisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun