Suv tejasa, soliqdan ozod

Date:

2026-yildan qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish hamda baliqchilikda foydalaniladigan suv uchun suv solig‘i stavkasi 1 kub metrga 107 so‘m etib belgilandi.

Soliq kodeksiga muvofiq, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etgan va suv sarfini o‘lchash uskunalari orqali hisobga olgan xo‘jaliklarga soliq hisoblashda kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi. Aksincha, suvni tejash texnologiyalari joriy etilmagan hamda suv sarfi hisobga olinmagan hollarda esa oshiruvchi koeffitsiyent tatbiq etiladi.

Shuningdek, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etgan yuridik shaxslar ushbu texnologiyalar qo‘llanila boshlangan oyning boshidan e’tiboran 5 yil muddatga yer solig‘idan ozod etiladi.

Mazkur yengillik va rag‘batlar suv resurslaridan oqilona foydalanishni kengaytirish, zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish hamda qishloq xo‘jaligida suv tejamkorligini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun