Murojaatlar e’tibor markazida

Date:

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish va ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish davlat organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shaxsiy qabullar esa aholini qiynayotgan masalalarga tezkor va amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Abdurasul Abdurahmonov viloyat Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabulni o‘tkazdi. Unda 17 nafar fuqaroning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglanib, imkon qadar joyida hal etildi hamda zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning qonunchilikda belgilangan muddatlarda va sifatli ijro etilishi nazoratga olindi.

Bunday qabullar fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, dolzarb muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda xalq bilan muloqotni yanada samarali yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun